AsosiyJamiyat

Onasi tashlab yuborgan qizchaga tegmagan Toshkent hayvonot bog`idagi ayiqni ochiq tabiatga qo`yib yuborish taklif qilindi

'Onasi tashlab yuborgan qizchaga tegmagan Toshkent hayvonot bog`idagi ayiqni ochiq tabiatga qo`yib yuborish taklif qilindi'ning rasmi

28 yanvar kuni ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent hayvonot bog`ida ona 3 yoshli qizini ayiq qafasiga tashlab yuborgani haqida xabar bergan edik. 

Keyinchalik ushbu holat yuzasidan onaga nisbatan jinoyat ishi ochilgandi. 

Bir necha kundan keyin SSV qizchaning holati bo`yicha ma`lumot bergan hamda Mahalla va oilani qo`llab-quvvatlash boshqarmasi ham ona borasida o`z ma`lumotlarini taqdim qilgandi.

Toshkent hayvonot bog`i qizaloq va uning akasiga  bir umr bepul kirish imkoniyatini ta`minlashga qaror qildi. 

Ma`lum qilinishicha, Facebook ijtimoiy tarmog`i foydalanuvchilari ona tomonidan beshafqatlarcha oldiga uloqtirilgan bolaga tegmagan Zuzu laqabli qo`ng`ir ayiqni ochiq tabiatga qo`yib yuborishni so`rashmoqda.  

Mazkur so`rovga O`zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo`mitasi matbuot xizmati kotibi Bunyod Abdullaev “Zuzu Kavkaz qo`ng`ir ayig`i bo`lgani bois, o`ziga juft topishi va ochiq tabiatga qanchalik moslashib keta olishi noma`lum. Shu sababli mutaxassislar bilan maslahatlashgan holda bu masalani ko`rib chiqish kerak”, deb o`z munosabatini bildirgan.  

 

    Boshqa yangiliklar