AsosiyJinoyat

Chilonzor tumanida sug`urta polislari mablag`larini o`zlashtirgan koroxona rahbari aniqlandi

'Chilonzor tumanida sug`urta polislari mablag`larini o`zlashtirgan koroxona rahbari aniqlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chilonzor tuman bo`limi tomonidan tadbirkorlik sub`ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “H.S.” MChJ Toshkent shahar filiali rahbari A.U. fuqaro J.A. bilan oldindan til biriktirib, MChJning bosh ofisi tomonidan unga ishonib topshirilgan 2906 dona sug`urta polislarini realizasiya qilishdan tushgan jami 394,8 mln  so`mni kirim qilmasdan, talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o`zlashtirish yoki rastrata yo`li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar