SSV Matbuot xizmati xabariga ko`ra, 31 yanvarda mamlakatimiz hududlari bo`ylab 97 914 doza COVID-19ga qarshi vaksina qo`llanilgan.
Ulardan:
1-bosqich emlanganlar 22 611 nafarni,
2-bosqich emlanganlar 32 894 nafarni,
3-bosqich emlanganlar 42 409 nafarni tashkil qildi.
Ayni kungacha mamlakatimizda jami 42 096 810 doza vaksinadan foydalanildi. Birinchi doza bilan emlash ko`rsatkichi emlanishi rejalashtirilgan qatlamga nisbatan 90,1 foizni, to`liq bosqichlarda emlanish ko`rsatchiki esa 68,6 foizni tashkil qilmoqda.
Shuningdek, 31 yanvar holatiga ko`ra, yurtimizda 741 856 nafar 12 yoshdan 18 yoshgacha bo`lgan bolalar Pfizer vaksinasi bilan ixtiyoriy ravishda emlangan.
Ulardan:
1-bosqich emlanganlar 463 877 nafarni,
2-bosqich emlanganlar 277 979 nafarni tashkil qildi.
Xususan, bolalarni koronavirusga qarshi emlash jarayoni Farg`ona (173 978 doza), Samarqand (110 393 doza), Andijon (83 032 doza), Qashqadaryo (66 164 doza), Namangan (65 121 doza) viloyatlarida yuqori ekani ahamiyatli.






