1

2022 yilda O`zbekistonda o`tkaziladigan hunarmandchilik festivallari haqida ma`lumot berildi

Madaniyat 02.02.2022, 15:48
2022 yilda O`zbekistonda o`tkaziladigan hunarmandchilik festivallari haqida ma`lumot berildi

AOKAda bo`lib o`tgan brifingda "Hunarmand" uyushmasi axborot xizmat rahbari Nilufar Hotamova bu haqda batafsil ma`lumot berdi.

Qo`qon shahrida II Xalqaro Hunarmandchilik festivali. Ushbu festivalga iqtidorli hunarmand va iste`dodli yoshlarni tanlab olish maqsadida ikki bosqichdan iborat “Men Qo`qonga boraman” shiori ostida ko`rgazma va ko`rik-tanlov tashkil etiladi;

  • bu yildan e`tiboran har ikki yilda bir marta o`tkaziladigan Xalqaro kulolchilik forumi va kulolchilik mahsulotlari ko`rgazma-savdosi;

 

  • Xalqaro Zardo`zlik va zargarlik festivali;

 

  • Buxoro shahrida “Ipak va ziravorlar” an`anaviy xalqaro festivali;

 

  • Mustaqillik bayrami arafasida Sayilgoh ko`chasida «Toshkent suvenirlari» ko`rgazma-yarmarkasi  

 

  • «Yosh hunarmandlar» festivali;

 

  • Fevral oyida o`tkaziladigan “Hikmatlar olami” II xalqaro hattotlik festivali shular jumlasidandir.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1