Joriy mavsum yakuniga ko`ra Myunxenning “Bavariya” klubini tark etayotgan Pep Gvardiola yangi mavsumda “Manchester Siti” klubiga murabbiylik qiladi. Myunxenliklar muxlislari bilan xayrlashuv chog`ida ispaniyalik murabbiy ulardan uzr so`radi.
Gvardiola “Bavariya” muxlislari orzu qilgan Evropa Chempionlar ligasi g`olibligiga olib kela olmagan uchun uzr so`ragan. Mutaxassis 2013 yildan buyon jamoani boshqarib kelgandi va faqat mamlakat miqyosida zafar quchgan.
Shunga qaramay, rahbariyat va muxlislar Gvardiolaga o`z minnatdorchiligini bildirdi.
2016 YILDA MAKTABLARNI QARIYB 477 MING O`QUVChI BITIRADIhttps://t.co/GseiXTyTap pic.twitter.com/66UHvMrXQh
— DARAKCHI.UZ (@darakchi_news) 24 maya 2016 g.





