AsosiyJamiyat

Hisor davlat qo`riqxona nazoratchisi qo`ygan kamera ob`ektiga 2 ta qor qoploni tushib qoldi (video)

'Hisor davlat qo`riqxona nazoratchisi qo`ygan kamera ob`ektiga 2 ta qor qoploni tushib qoldi (video)'ning rasmi

Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo`mitasi xabar berdi. 

Ma`lum qilinishicha,  2 bosh qor qoploni Quralay soyida yurgan paytda kamera ob`ektiga muhirlanib qolgan. Ushbu kamera Hisor davlat qo`riqxonasining Tanxozdaryo bo`limi davlat nazoratchisi  Jamshid Berdaliev tomonidan  o`rnatilgan bo`lgan.

Qo`riqxona hududida yashaydigan qor qoploni mushuksimonlar oilasiga mansub  bo`lib, “Qizil kitob”ga kiritilgan noyob tur hisoblanadi. 

    Boshqa yangiliklar