Futbol bo`yicha Jahon Chempionati bellashuvlarida eng ko`p uchrashuv boshqargani bilan mashhur bo`lgan o`zbekistonlik FIFA referisi Ravshan Ermatov 31 may kuni «O`zbekiston» sport majmuasida futbol o`ynaydi. Shou-uchrashuv sobiq futbolchi Azamat Abduraimovning 50 yoshga to`lishi munosabati bilan tashkil etiladi, deb yozadi “Daryo” nashri.
Azamat Abduraimov va uning yaqinlaridan tashkil topgan jamoa Ravshan Ermatov jamoasiga qarshi zalga chiqadi. Unda 1994 yilgi Osiyo o`yinlarida zafar quchgan futbol yulduzlari, kino aktyorlar hamda estrada yulduzlarining ishtirok etishi kutilmoqda. Mazkur tadbirning maxsus mehmoni sifatida qo`shiqchi Munisa Rizaeva ishtirok etadi.
15:00 da boshlanadigan shou-uchrashuvdan oldidan bolalar o`rtasida «Chempionlar Kubogi» deb nom olgan xayriya turniri o`tkaziladi.
Ma`lumot uchun, 1966 yilda tavallud topgan Azamat Abduraimov o`z vaqtida Toshkentning «Paxtakor», Namanganning «Navbahor», Toshkent viloyatining «Do`stlik» jamoalarida to`p surgan. Shuningdek, Bangladesh, Malayziya, Hindiston, Saudiya Arabistoni chempionatlarida ishtirok etgan.
ERKAKLAR PULI KO`PAYSA “YuRIShI” ISBOTLANDIhttps://t.co/xEV9ZG3rei pic.twitter.com/8sULnahDdO
— DARAKCHI.UZ (@darakchi_news) 25 maya 2016 g.





