«Ijtimoiy fikr» jamoatchilik fikrini o`rganish markazi «O`zbekiston yoshlari: hayotiy qadriyatlar, ma`naviyat, kelajakdagi rejalar» mavzuida ijtimoiy so`rov o`tkazdi.
So`rov davomida bilim olish yoshlarimiz hayotiy qadriyatlari tizimida muhim o`rin egallashi tasdiqlandi. Bu ularning intellektual salohiyatini muntazam oshirishga bo`lgan intilishida o`z ifodasini topmoqda. Yoshlar oliy ta`limning pedagogika, tibbiyot, iqtisodiyot, moliya, axborot texnologiyalari va huquq yo`nalishlari ommalashib borayotganini qayd etgan.
O`tkazilgan tadqiqotda yoshlar bandligi yil sayin ortib borayotgani va ular xususiy tadbirkorlik faoliyatiga kengroq jalb etilayotgani ma`lum bo`ldi. 2016 yilgi so`rov natijalariga ko`ra, ayni paytda har o`ninchi yigit-qiz o`z tadbirkorlik loyihasini rivojlantirishga intilmoqda.
Mustaqillik yillarida yoshlarimiz ongi va dunyoqarashi kengayib, vatanparvarlik tuyg`usi mustahkamlanib bormoqda. So`rov natijalari shundan dalolat beradiki, yoshlarimiz milliy o`zlikni anglashni xalqimiz ma`naviyati, urf-odat va an`analari, davlat mustaqilligi, shonli tariximiz, ajdodlarimizning boy merosi, ona tilimiz va madaniyatimiz bilan bog`laydi.
So`rovda qatnashgan yoshlarning aksariyati (94,3 foizi) istiqlol yillarida vatanparvarlik tuyg`usi mustahkamlanib borayotganini qayd etgan. Ishtirokchilarning deyarli barchasi, yashash joyi, jinsi, yoshi, oilaviy ahvoli, ma`lumoti, bandligi va millatidan qat`i nazar, shunday fikr bildirgan. Ularning ta`kidlashicha, vatanparvarlik Vatanga sadoqat va muhabbat, uni himoya qilish, mamlakatimizning buyuk kelajagi uchun kurashish, xalqimiz tarixi, madaniyati va milliy an`analarini bilish va hurmat qilish demakdir.
Tadqiqot davomida sog`lom turmush tarzi masalasi ham o`rganildi va yoshlarning aksariyati (88,3 foizi) bunga rioya etishi ma`lum bo`ldi. Ishtirokchilarning fikricha, sog`lom turmush tarzi avvalo sport bilan bog`liq. So`rov natijalariga ko`ra, yoshlarning 53,3 foizi sport bilan muntazam, jumladan, har o`ninchisi professional darajada shug`ullanadi va sport razryadiga ega.
O`tkazilgan tadqiqot davomida aksariyat yoshlar (90,8 foizi) kelajakda ta`lim muassasasida (oliy o`quv yurti, kollej va liseyda) o`qib, uni muvaffaqiyatli bitirish, yaxshi mutaxassis bo`lish va munosib kasb egallash, tadbirkorlik bilan shug`ullanishni rejalashtirayotgani ma`lum bo`ldi.
Yoshlarimiz o`z hayotidan mamnun va Vatanimiz bilan faxrlanadi. Bu Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida yoshlarga oid davlat siyosati hayotga samarali tatbiq etilayotganining yorqin namunasidir.
DUNYoDAGI ENG KEKSA KIShI EKANLIGI AYTILAYoTGAN O`ZBEKISTONLIK HUVAYDO UMAROVA 121 YoShGA TO`LDIhttps://t.co/xnmRsoKGFZ pic.twitter.com/VKQEZGmsdx
— DARAKCHI.UZ (@darakchi_news) 25 maya 2016 g.





