Ijtimoiy tarmoqlarda Qoraqalpog`istonda 4 fevral kuni bir guruh yigitlar 20 yoshli qizni kuch ishlatib, olib qochgani aytilgan video tarqaldi.
Qoraqalpog`iston Respublikasi IIV Axborot xizmatining xabar berishicha, mazkur video tasvirdagi holat joriy yilning 4 fevral kuni Beruniy tumanida sodir bo`lgan. Beruniy tumanda yashovchi 1996 yilda tug`ilgan fuqaro A.X. o`zining ikki nafar tanishlari bilan birgalikda 2002 yilda tug`ilgan (qiz bola) B.Oning erkiga xilof ravishda u bilan nikohda bo`lish uchun zo`rlik ishlatib olib qochgan.
Fuqaro B.O. joriy yilning 4 fevral kuni soat 21.:00 larda Beruniy tumani IIB boshlig`i nomiga yuqoridagi holat yuzasidan ariza bilan murojaat qilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Beruniy tumani IIB huzuridagi Tergov bo`linmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.