AsosiyJinoyat

Urganch aeroportida 22 ming 900 AQSh dollarini beliga bog`lab, olib chiqishga uringan shaxs qo`lga olindi

'Urganch aeroportida 22 ming 900 AQSh dollarini beliga bog`lab, olib chiqishga uringan shaxs qo`lga olindi'ning rasmi

Amalda tartiblarga ko`ra, jismoniy shaxslarga 100 mln. so`m ekvivalentidagi naqd xorijiy valyutalarni O`zbekistondan erkin olib chiqishlariga ruxsat etiladi.

Ammo, mazkur me`yordan qoniqmagan ayrim shaxslar naqd xorijiy valyutalarni bojxona nazoratidan yashirincha olib chiqish uchun turli nayranglarga qo`l urishmoqda.

Xorazm viloyati bojxona boshqarmasining “Urganch aeroporti” chegara bojxona postida xorijiy valyutalarni bojxona nazoratidan yashirincha olib chiqishga uringan shaxs qo`lga olindi. Bu haqda Davlat bojxona qo`mitasi xabar berdi. 

Xabarda aytilishicha, qo`shni davlatga parvozi oldidan bojxonadan “yashil” yo`lak orqali harakatlangan yo`lovchilardan birining bezvotalanishi bojxona xodimlarining diqqatini tortgan.

Shundan so`ng ushbu shaxs belgilangan tartibda ko`zdan kechirilganida, kiyimlari ostida beliga maxsus tibbiy belbog` bog`lab olgani ma`lum bo`lgan. Belbog`ga esa cho`ntaklar tikilgan bo`lib, ushbu cho`ntaklarda bojxona xodimlarining og`zaki so`rovida va yo`lovchi bojxona deklarasiyasida ma`lum qilinmagan 22 ming 900 AQSh dollari yashirilgani fosh bo`lgan.

Mazkur holat yuzasidan yo`lovchiga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddasiga binoan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

    Boshqa yangiliklar