Menxengladbaxning "Borussiya" klubi yarim himoyachisi Granit Jaka "Arsenal"ga o`tgani rasman tasdiqlandi. Bu haqda klub rasmiy saytida ma`lum qilindi
Londonliklar Shveysariya terma jamoasi futbolchisi bilan uzoq muddatli shartnoma imzolanganini rasman ma`lum qildilar.
23 yoshli futbolchi tibbiy ko`rikdan o`tgan va Evropa chempionatidan so`ng "Arsenal" safiga kelib qo`shiladi. Norasmiy ma`lumotlarga ko`ra, shveysariyalik futbolchining transferi taxminan 30 million funtga aylangan.
FARG`ONADAGI XONADONDAN YoNG`INNI O`ChIRISh VAQTIDA UY EGASINING JASADI TOPILDIhttps://t.co/JmIgvbJtf4 pic.twitter.com/JQuhNtxqQo
— DARAKCHI.UZ (@darakchi_news) 25 maya 2016 g.





