Bugun xalq deputatlari Qarshi tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo`lib o`tdi. Unda tashkiliy masala ko`rildi. Bu haqda Qashqadaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Sessiyada deputatlar Yusupov Bexzodjon Farxodovichni Qarshi tumani hokimi lavozimiga tasdiqlashdi.
B.Yusupov 1980 yilda Yakkabog` tumanida tug`ilgan. Toshkent davlat yuridik instituti, Toshkent davlat yuridik instituti magistraturasi va O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilish akademiyasini tamomlagan.
U Respublika Pillachilik va qorako`lchilikni rivojlantirish qo`mitasi raisining birinchi o`rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Qashqadaryo hokimi Qarshi tumanining sobiq hokimi haqida ham munosabat bildirdi.
"Sobiq hokim Maxsuda Mustafoeva faoliyatiga ham to`xtalib o`tmoqchiman. Hokim qo`lidan kelganicha ishladi. Ayol hokim bo`lgani uchun amaliy yordam va imkoniyatlar berildi. Aravani tortish rahbardan, davlatga fidoyilik bilan ishlash - jamoadan", - dedi viloyat hokimi.






