AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda ayol 800 AQSh dollari bilan qo`lga tushdi

'Qashqadaryoda ayol 800 AQSh dollari bilan qo`lga tushdi'ning rasmi

Koson tumanida fuqaroni tibbiyot kollejiga o`qishga kiritib qo`ymoqchi bo`lgan firibgar aniqlandi. Bu haqda  Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar qildi.

Departamentning Koson tumani bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro F.R. fuqaro Sh.ning ishonchiga kirib, uni tanishlari yordamida Muborak tibbiyot kollejiga o`qishga kiritib qo`yishi evaziga 700 AQSh dollarini qo`lga kiritganligi aniqlanib, tekshiruv davomida 700 AQSh dollarini qaytarganligi prosessual tartibda rasmiylashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar