AsosiyJamiyat

23 nafar o`zbekistonlik Koreyaga etib bordi

'23 nafar o`zbekistonlik Koreyaga etib bordi'ning rasmi

E-9 vizasi bilan 23 nafar yurtdoshimiz ishlash maqsadida Koreya Respublikasiga tashkiliy tarzda etib bordi.

Yurtdoshlarimiz Inchon xalqaro aeroportida Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining Koreya Respublikasidagi vakolatxonasi va Koreya Respublikasi Inson resurslarini rivojlantirish xizmati vakillari tomonidan kutib olinib, karantin o`tash manzillariga kuzatib qo`yildi.

Ta`kidlash joiz, karantinga oid yangi tartibga muvofiq ushbu yurtdoshlarimiz qisqartirilgan 7 kunlik karantindan so`ng ish joylariga etib borishlari rejalashtirilgan.

 

    Boshqa yangiliklar