AsosiyJamiyat

Chiroqchidagi gaz zapravka ichida Kamaz yondi

'Chiroqchidagi gaz zapravka ichida Kamaz yondi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan, Chiroqchi tumanidagi gaz to`ldirish shoxobchasida "Kamaz-53212" yuk avtomobilida yong`in yuzaga kelganligi bo`yicha YHXBB ma`lumot berdi. 

Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, 2022 yil 7 fevral kuni soat 13:30 larda Qashqadaryo viloyati, Chiroqchi tumani, "Sho`rquduq" MFY, "Torjilg`a" qishlog`i hududidan o`tgan «Samarqand-G`uzor» avtomobil yo`lida joylashgan gaz to`ldirish shoxobchasida haydovchi gaz to`ldirish vaqtida xavfsizlik qoidalariga rioya qilmasdan (ulagich uzilmasdan), "Kamaz-53212" rusumli yuk avtomobilini harakatga keltirganligi oqibatida avtomobilda yong`in yuzaga kelgan. Yong`in o`t o`chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan.

Hodisa natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yo`q.

Hozirda tuman FVB va YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar