Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasi Xususiy sektorlariga berilganeksklyuziv huquqlarni aniqlash va tovar bozorlaridagi to`siqlarni bartaraf etish maqsadida tadbirkorlik sub`ektlari o`rtasida so`rovnoma o`tkazilmoqda.
Ta`kidlash joizki, iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirish va xususiy sektor uchun keng yo`l ochish maqsadida eksklyuziv huquqlar bekor qilinib, davlat ishtirokidagi kompaniyalarni xususiylashtirish hisobiga 25 dan ortiq faoliyat turi bo`yicha monopoliyalar tugatiladi va xususiylashtirish yo`li bilan amalga oshiriladi.
Bu chora-tadbirlar O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022 — 2026 yillarga mo`ljallangan Yangi O`zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to`g`risida”gi Farmoni bilan tasdiqlangan.
Bozorlardagi jiddiy to`siq va muammolarni aniqlash, monopoliyaning ayrim turlariga barham berishga xizmat qiladigan mazkur so`rovnomada faol ishtirok etishingizni so`raymiz.






