AsosiyJamiyat

O`qituvchilardan chellendj: Buxorolik o`qituvchilar andijonlik hamkasblarining ishini davom ettirdi

'O`qituvchilardan chellendj: Buxorolik o`qituvchilar andijonlik hamkasblarining ishini davom ettirdi'ning rasmi

Jozibali raqs Buxoro shahridagi 39-Ixtisoslashgan Davlat umumta`lim maktabi o`qituvchilar jamoasi tomonidan ijro etilgan. 

Raqsni maktabning ingliz tili fani o`qituvchisi Lira Minibaeva sahnalashtirgan. Buxoro viloyati Xalq ta`limi boshqarmasi Axborot xizmatining xabar berishicha, Lira nafaqat mohir chet tili o`qituvchisi, balki san`atning raqs sohasida ham yaxshigina iqtidorga ega.

U “Life Style” nomli zamonaviy raqs guruhini tashkil etib,  yosh avlodni san`atga bo`lgan qiziqish va mehrini oshirish yo`lida tinmay izlanishlar olib bormoqda.

Mazkur jamoa “Evroosiyo”  ko`p janrli bolalar ijodkorligini rivojlantirish 3-xalqaro festival-tanlovida ishtirok etib, faxrli 1-o`rinni qo`lga kiritdi. Lira Minibaeva “Yil ayoli” tanlovining viloyat bosqichida ishtirok etib, g`oliblar qatoridan ham  o`rin olgan.

Eslatib o`tamiz, andijonlik o`qituvchilarning raqsi internetda keng tarqalgandi.

    Boshqa yangiliklar