AsosiyDunyo

Bavariya shifokorlarni majburiy emlashni kechiktirdi

'Bavariya shifokorlarni majburiy emlashni kechiktirdi'ning rasmi

Bavariya bosh vaziri shifokorlar uchun majburiy emlashni joriy etishni kechiktirishga qaror qildi. Ushbu chora butun mamlakat bo`ylab 15 martdan kuchga kirishi kutilgan edi. 

Ammo Bavariya kasalxonalari va qariyalar uylarida xodimlarning etishmasligi nihoyatda kattaligi sabab agar qolganlar ham emlanmaslik uchun ishdan chetlatilsa, katta xato bo`lishini ta`kidlaydi Euronews. 

Shu jumladan, mutaxassislarning fikricha, emlanmagan shifokorlar va hamshiralarni ishdan chetlashtirish "halokatli" bo`ladi.

Germaniya hukumati ma`lumotlariga ko`ra, 15 martgacha shifokorlarning kamida 10 foizi emlash sertifikatini taqdim eta olmaydi. Ular 2500 evro miqdorida jarimaga tortilishi, maoshidan mahrum etilishi yoki ishdan bo`shatilishi mumkin.  Dekabr oyida Bavariyaning Rosenxaym shahridagi kasalxona xodimlari derazalarning bir qismini qizil chiroq bilan yoritib, majburiy emlashga qarshi norozilik namoyishini tashkil qilishgan. Maqsad klinikaning qancha xodimini yo`qotishi mumkinligini ko`rsatish bo`lgan

    Boshqa yangiliklar