O`zbekiston gidrometeorologiya xizmati bugun, 8 fevral kuni tog`larda qor ko`chish xavfini e`lon qildi.
Shuningdek, xizmatning qayd etishicha, tog`li hududlarda vaqti-vaqti bilan qor yog`adi.
Ba`zi joylarga tuman tushishi ham aytiladi.
"Qor ko`chishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 0-5° sovuq bo`ladi",-deyiladi xabarda.






