Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarini bog`lovchi "Taxtaqoracha" dovonida qor yog`moqda. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo`l harakati xavfsizligi xizmati xabar bermoqda.
"Haydovchilardan qoidalarga rioya qilib, oraliq masofani saqlagan holda, tezlikni me`yordan oshirmasdan harakatlanishlarini so`raymiz", - deyiladi xabarda.






