O`zbekiston iste`molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasi 1091 ishonch telefoni orqali Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumnida yashovchi fuqaro S.Eshboev tomonidan murojaat kelib tushdi, deya xabar bermoqda Federasiya matbuot xizmati.
Unda qayd etilishicha, iste`molchi 2021 yil 16 avgust kuni “UzAvtoPremium” MChJga qarashli avtosalondan muddatli to`lov evaziga Damas dlx avtomobilini sotib olish maqsadida shartnoma imzolaydi va boshlang`ich to`lov uchun 27 mln. 399 ming 050 so`m to`lovni amalga oshiradi. Shartnomaga asosan mashina bir oy muddatda o`z egasiga etkazilishi belgilangan bo`lsada, oradan 5 oy vaqt o`tsa hamki mashinadan darak bo`lmagan. Avtosalonga bir necha bor qilgan murojaati o`zgarishsiz qolganini aytib o`tgan.
Murojaat, Federasiyaning Qarshi shahar jamiyati hodimlari tomonidan o`rganilishi natijasida, akvtomobil uchun to`langan mablag` iste`molchiga qaytarilishiga erishildi
"Hurmatli iste`molchi, Agarda sizning huquqlaringiz buzilsa, 1091 ishonch telefoni va @PotrebitelUz_bot orqali murojaat qilishingiz mumkin", - deyiladi O`zbekiston iste`molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasi Matbuot xizmati xabarida.






