AsosiyJinoyat

Metan gaz shahobchasi gaz ta`minotiga 448,4 mln so`m zarar etkazilganligi aniqlandi

'Metan gaz shahobchasi gaz ta`minotiga 448,4 mln so`m zarar etkazilganligi aniqlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qiziriq tuman bo`limi tomonidan “Hududgaz Surxondaryo” gaz ta`minoti filialining murojaatiga asosan  tergovga qadar tekshiruv o`tkazildi.

Unda, “Q.M.” MChJga qarashli AGTKSh tomonidan tabiiy gaz tarmog`iga gaz hisoblagich uskunasini aylanib o`tish orqali ulanganligi natijasida, davlat va jamiyat manfaatlariga 448,4 mln so`m zarar etkazilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar