AsosiyJamiyat

Mavjud 8 mingta suv qudug`idan 1,5 mingtasi yaroqsiz...

'Mavjud 8 mingta suv qudug`idan 1,5 mingtasi yaroqsiz...'ning rasmi

Viloyat hokimlari "Uzsuvta`minot" bilan birga joriy yilning o`zida markazlashgan ichimlik suvi ta`minotini 75 foizga etkazishi shartligi ko`rsatib o`tildi.

"Har bir viloyat o`zini rejalarini o`n kunda qayta ko`rib chiqib, ularni oshirish bo`yicha taklifni berishi zarur", dedi Prezident.

Bu ishlarni jadallashtirish uchun suv ta`minoti loyihalari bo`yicha joylardagi “O`zsuvta`minot”ning injiniring kompaniyalari viloyat hokimliklari tasarrufiga o`tkaziladi. Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, pudratchilarni aniqlash va moliyalashtirishni ochish viloyatning o`zida bo`ladi.

Uy-joy kommunal xizmat ko`rsatish vazirligi va "Uzsuvta`minot" loyihalarga texnik talablarni belgilaydi va ularni ekspertizadan o`tkazadi, ishlarni qabul qilib, ekspluatasiyaga mas`ul va javobgar bo`ladi.

Mutasaddilarga ushbu yangi tizimni amaliyotga joriy qilish topshirildi.

Yig`ilishda bugungi kunda mavjud 8 mingta suv qudug`idan 1,5 mingtasi yaroqsiz holatga kelgan bo`lib, qariyb 800 ta mahallada suv ta`minoti yomonlashgani ta`kidlandi.

Shu bilan birga, Zomin, Nurota va Qo`shrabot konlarida er osti quduqlarini qazish hamda Zarafshon, Chirchiq kabi daryolar o`zanida qum-shag`al olish ishlarini nazoratsiz, pala-partish amalga oshirish oqibatida, ushbu hududlarda er osti chuchuk suvlari zaxiralari 30 metrgacha pasaygan.

Yig`ilishda bundan buyon suv quduqlarini aniqlash va burg`ilash ishlari faqat Geologiya qo`mitasi tomonidan amalga oshirilishi belgilandi.

Ikki oy muddatda Zarafshon va Chirchiq daryolarining ichimlik suvi ta`minotiga salbiy ta`sir ko`rsatadigan uchastkalarida tartib o`rnatish topshirildi.

"Boshqa daryo bo`ylaridagi ahvol ham qattiq tartibga olinishi kerak. U erlardagi holatdan to`liq xabarim bor. Bunga ham ikki oy muhlat beraman", dedi davlatimiz rahbari.

    Boshqa yangiliklar