Rossiya Federasiyasi Ivanovo viloyati Kineshma shahridagi "Premer" korxonasi maxsus ish kiyimlarini tikish bo`yicha tikuvchilik sohasidagi bo`sh ish o`rinlari taklif etadi. Bu haqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Nomzodlar uchun talablar:
- yuqori talabchanlik;
- O`zbekistondan chiqishga va Rossiyaga kirishga taqiq qo`yilmagan bo`lishi;
- 20-45 yosh oralig`ida bo`lish;
- 6 oydan kam bo`lmagan ish tajriba;
- mas`uliyatli bo`lishi.
Ma`lum qilinishicha, oylik maoshi 500-1400 AQSh dollari miqdorida (ish hajmiga bog`liq).
Buning uchun nomzodlar ro`yxatdan o`tishlari lozim.
Murojaat uchun: +998-71-202-33-55






