AsosiyJinoyat

Toshkent xalqaro aeroportida qiymati taxminan 62 mln. so`mlik, jami 155 gr. tilla "krem" egasi to`xtatildi

'Toshkent xalqaro aeroportida qiymati taxminan 62 mln. so`mlik, jami 155 gr. tilla "krem" egasi to`xtatildi'ning rasmi

Zargarlik buyumlarini turli qing`ir rejalar orqali yurtimizdan yashirincha olib chiqib ketishga bo`lgan urinishlarga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.

Jumladan, Toshkent xalqaro aeroporti bojxonachilari tomonidan zargarlik buyumlarini puxta o`ylangan reja asosida olib chiqib ketmoqchi bo`lgan shaxs faoliyatiga chek qo`yildi.

Gap shundaki, xorijiy mamlakatga yo`l olgan yo`lovchilar yuklari o`rnatilgan tartibda nazorat-rentgen qurilmasi orqali ko`zdan kechirilar ekan, ularning orasida fuqaro T.Sh.ga tegishli yuklar bojxonachilar e`tiborini tortdi. Mazkur yuklar xolislar ishtirokida ochib ko`rilganida, jomadonlarga joylangan kiyimlar orasidagi kosmetika vositalari ichiga uddaburonlik bilan joylangan, umumiy qiymati 62 million so`mlik 155 gramm tilladan yasalgan zargarlik buyumlari borligi ma`lum bo`ldi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

    Boshqa yangiliklar