Sergeli tumanida fuqaroni universitetga o`qishga kiritib qo`ymoqchi bo`lgan firibgar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar qildi.
Departamentning Sergeli tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro D.M. boshqa bir fuqaro G.ning ishonchiga kirib, uning jiyanini yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida O`zbekiston davlat jahon tillari universitetiga o`qishga kiritib qo`yish evaziga 6 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






