AsosiyJamiyat

 “IT-Park” - "ShipleArt"... O`zbekistonda startap loyihalarni amalga oshirishga ko`maklashuvchi memorandum imzolandi

' “IT-Park” - "ShipleArt"... O`zbekistonda startap loyihalarni amalga oshirishga ko`maklashuvchi memorandum imzolandi'ning rasmi

Kecha Toshkentda Latviya Respublikasi hukumati va ishbilarmon doiralari delegasiyasining O`zbekiston Respublikasiga tashrifi davomida O`zbekiston-Latviya biznes-forumi bo`lib o`tdi. Tadbirda Latviya va O`zbekiston ishbilarmon doiralarining 100 dan ortiq vakillari ishtirok etgan. Shuningdek, unda O`zbekiston tomonidan qator vazirlik, idora, tarmoq birlashmalari va tijorat banklari rahbarlari qatnashgan. Bu haqda vazirlik xabardor qildi.

Forumning ochilish marosimi delegasiyalar rahbarlari - O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o`rinbosari – investisiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov hamda Latviya Respublikasi tashqi ishlar vaziri E.Rinkevichs so`zi bilan boshlangan.

Ikki mamlakat delegasiyalari rahbarlari istiqbolli tarmoqlarda o`zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirishni nazarda tutgan holda Latviya va O`zbekiston tadbirkorlari va investorlarini amaliy hamkorlikka jalb etish uchun eng qulay shart-sharoitlar yaratish hamda ikki mamlakat hamkorligini faollashtirishga sodiqligini ta`kidlab o`tishgan.

Ikki mamlakat tadbirkorlari o`rtasida ishbilarmonlik hamkorligini yo`lga qo`yishning ustuvor yo`nalishlari sanab o`tilgan.

 Ular orasida to`qimachilik va elektrotexnika sanoati, farmasevtika, biotibbiyot, IT yo`nalishi va boshqa sohalar mavjud.

" Tegishli vazirliklar va tarmoq birlashmalari rahbarlari o`z taqdimotlarida har bir sohaning investisiyaviy, sanoat va savdo salohiyatini batafsil ochib berdilar, shuningdek xorijiy investisiyalarni jalb qilish va xorijiy kapital ishtirokidagi loyihalarni amalga oshirishni qo`llab-quvvatlash va rag`batlantirishning mavjud mexanizmlari haqida so`zlab berdilar. Shuningdek, forum ishtirokchilariga latviyalik investorlar va tadbirkorlar bilan kelgusida ro`yobga chiqarish uchun manzilli tarzda ishlab chiqilgan istiqbolli loyihaviy takliflar taqdim etildi",-deyiladi xabarda.

Tadbir yakunida ikki mamlakat delegasiyalari rahbarlari ishbilarmon doiralarni ikki tomonlama iqtisodiy sheriklikning yangi "o`sish nuqtalari" ustida birgalikda faol ish olib borishga va konstruktiv muloqot o`rnatishga chaqirdi.

Forum yakunlari bo`yicha O`zbekiston-Latviya Ishbilarmonlar kengashi ikkinchi yig`ilishining Bayonnomasi hamda “IT-Park” (O`zbekiston) va Latviyaning “ShipleArt” kompaniyasi o`rtasida O`zbekistonda startap loyihalarini amalga oshirish uchun moliyalashtirishni jalb qilishni nazarda tutuvchi Axborot-kommunikasiya texnologiyalari va innovasiyalarni rivojlantirish bo`yicha hamkorlik to`g`risida Memorandum imzolangani aytiladi.

    Boshqa yangiliklar