Bir muddat avval ijtimoiy tarmoqlarda Qarshida ekologiya boshqarmasi noroziligiga qaramasdan daraxtlar kesib tashlanganligi holati xaqida xabarlar berilgan edi.
Mazkur voqea yuzasidan Qarshi davlat universitetining 6 nafar mas`ul xodimlariga nisbatan Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksining 79-moddasi (Daraxtlarni, butalarni, boshqa o`simliklarni va nihollarni qonunga xilof ravishda kesish, kundakov qilish, shikastlantirish, yo`q qilish yoki boshqa joyga ko`chirib o`tkazish) 1-qismi bilan ma`muriy javobgarlikka oid ish qo`zg`atildi.
Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining axborot siyosati masalalari bo`yicha maslahatchisi - Hayot Shamsutdinov qayd etmoqda.
Aniqlanishicha, ushbu holatda tabiatga 285 mln. so`m miqdorida zarar etkazgan.






