Jarqo`rg`on tumanida fuqaroga 15 kun muddatda haydovchilik guvohnomasi olib berishni va`da qilgan o`rgatuvchi usta ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar qildi.
Departament hamda DXXning Jarqo`rg`on tuman bo`limlari o`tkazilgan tezkor tadbirda, “S.I.S.” MChJ avto maktabi o`rgatuvchi ustasi Z.E. fuqaro A.ga boshqa avto maktabda ishlovchi tanishlari orqali “B,S.” toifadagi haydovchilik guvohnomasini o`quv mashg`ulotlarida ishtirok etmasdan 15 kun muddat ichida olib berish evaziga 3,1 mln so`mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






