AsosiyJamiyat

O`zbekistonning ishbilarmonlik muhiti "ijobiy" deb baholanmoqda

'O`zbekistonning ishbilarmonlik muhiti "ijobiy" deb baholanmoqda'ning rasmi

Mingdan ortiq kompaniyalar o`rtasida o`tkazilgan so`rov natijalariga ko`ra, mamlakatdagi ishbilarmonlik muhiti "ijobiy" deb baholanmoqda.

Respondentlarning 47 foizi o`z biznesining hozirgi holatini "yaxshi", 43 foizi "qoniqarli", 10 foizi "yomon" deb baholagan.

So`nggi 3 oy ichida biznesning holati qanday o`zgarganligi haqidagi savolga tadbirkorlarning 44 foizi – yaxshilandi, 45 foizi – o`zgarmadi va 12 foizi – yomonlashdi deb javob berdi.

Shu bilan birga, tadbirkorlarning kelgusi 3 oy davomida o`z biznesining rivojlanish istiqbollari haqidagi umidlari "optimistik" deb baholanmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar