Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligining xabar berishicha, Buxoroda ob-havoni 95 foiz aniq aytib beradigan meteostansiya qurilmoqda.
"Ushbu meteorologik radiolokator 250 km radiusdagi ob-havo to`g`risidagi ma`lumotlarni etkazib beradi. Aholi, hokimiyat, agrar tashkilotlarni oldindan aniqligi 95-98 foizgacha bo`lgan ob-havo ma`lumotlari bilan ta`minlash imkoni paydo bo`ladi”, - deydi Buxoro viloyati gidrometeorologiya markazi boshlig`i Muxtor Xusanov.
Stansiya yordamida olingan ma`lumotlar tezkor ravishda dastlab Buxoro, keyin Respublika ob-havoni kuzatish markazlariga etkazib beriladi.






