AsosiyJamiyat

Yashnobod tumanidagi ayrim ko`chalar ikki oy muddatga yopiladi. Chunki...

'Yashnobod tumanidagi ayrim ko`chalar ikki oy muddatga yopiladi. Chunki...'ning rasmi

Toshkent shahri Yashnobod tumanidagi O`sh ko`chasining bir qismi joriy yilning 11 fevralidan mart oyi oxirigacha avtomobillar harakati uchun yopiladi. Bu haqda shahar hokimligi Matbuot xizmati ma`lum qildi.

Qayd etilishicha, Yashnobod tumanining O`sh ko`chasi bo`ylab "Qorasuv" kanali ustidan o`tuvchi avtomobil yo`li ko`prigi rekonstruksiya qilinadi. Shu sababli O`sh ko`chasi “Do`stlik” madaniyat va istirohat bog`i ko`prigi bilan kesishmasidan Boysun ko`chasi kesishmasigacha va undan O`sh 1-tor ko`chasi kesishmasigacha bo`lgan oraliq joriy yilning 11 fevralidan mart oyi oxirigacha avtomobillar harakati uchun yopiladi.

    Boshqa yangiliklar