AsosiyJamiyat

Prezident Samarqandda 10 nafar rahbarni ishdan oldi. Ular kimlar?

'Prezident Samarqandda 10 nafar rahbarni ishdan oldi. Ular kimlar?'ning rasmi

Samarqandda Prezident Shavkat Mirziyoev ishtirokida bo`lib o`tayotgan yig`ilishda bir qator mansabdor shaxslar, sektor rahbarlari xizmat faoliyatidagi kamchiliklari uchun lavozimlaridan chetlatilmoqda. Bu haqda Darakchi.uz jurnalisti xabar berdi.

Jumladan, Markaziy bankning Samarqand viloyati Bosh boshqarmasi boshlig`i Otabek To`xtaevning ishdan olish topshirig`i berildi.

Bundan tashqari faoliyatida jiddiy xato va kamchiliklarga yo`l qo`ygani uchun:

- Samarqand tumani hokimi N.Mavlonov;

- Nurobod tumani hokimi F.Zairov;

- Markaziy bankning viloyat boshqarmasi rahbari O.To`xtaev,

- Oqdaryo tumani prokurori D.Kubaev;

- Samarqand shahri, Samarqand  va Oqdaryo tumanlari ichki ishlar bo`limlari boshliqlari J.Qodirov, F.Gafarov va D.Ibragimov;

- Urgut va Payariq tumanlari davlat soliq inspeksiyalari boshliqlari A.Almazov va M.Ergashev;

- viloyat elektr tarmoqlari korxonasi rahbari G`.Mamatqulov ishdan olindi.

Ularning ba`zilariga nisbatan to`plangan, shu jumladan korrupsiya holatlari to`g`risidagi ma`lumotlar asosida jinoiy ish ochish masalasi o`rganib chiqiladi.

    Boshqa yangiliklar