AsosiyJamiyat

"Biroz yomg`ir, biroz qor, chang-to`zon..." "O`zgidromet" 11 fevral ob-havosini prognoz qildi 

'"Biroz yomg`ir, biroz qor, chang-to`zon..."   "O`zgidromet"  11 fevral ob-havosini prognoz qildi 'ning rasmi

Bugun, 11 fevral kunduz kuni O`zbekistonda yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog`istonda, Xorazm viloyatida ba’zi joylarda biroz yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi. 

O`zbekiston gidrometeorologiya xizmati xabariga ko`ra, ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin.  Ayrim hududlarda shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi, chang- to`zon kuzatilishi mumkinligi aytiladi. Qayd etilishicha, havo harorati 12-17° iliq bo`ladi.

Shuningdek, poytaxt Toshkentda yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Ma`lumotga ko`ra, harorat 12-14° iliq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar