AsosiyJamiyat

O`zbekistonda avtomobilni ijaraga berish tartibi soddalashtirildi

'O`zbekistonda avtomobilni ijaraga berish tartibi soddalashtirildi'ning rasmi

Prezident tomonidan 9 fevral kuni "Fuqarolarning va tadbirkorlik sub`ektlarining huquqlari kafolatlari yanada kuchaytirilishi munosabati bilan O`zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida"gi O`RQ-752-son Qonun imzolandi.

Qonunga ko`ra, avtomototransport vositalari elektron savdo platformasi vositasida elektron onlayn-auksion orqali ijaraga berilganda ijaraga berish shartnomalarini notarial tartibda tasdiqlash talab etilmaydi. Bunda, elektron onlayn-auksion natijalariga ko`ra rasmiylashtirilgan bayonnoma ijara shartnomasi kuchiga ega buladi. 

“O`zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi to`g`risida”gi Qonunning 9-moddasining birinchi qismi oltinchi xatboshi bilan to`ldirildi. Endilikda, SSP xo`jalik shartnomalari doirasida yuzaga keladigan engib bo`lmas kuch (fors-major) holatlarini tasdiqlaydi, bundan tashqi savdo bitimlari va xalqaro shartnomalar shartlariga muvofiq O`zbekiston Respublikasi hududida yuzaga kelgan engib bo`lmas kuch (fors-major) holatlari mustasno.

Shuningdek, SKning 483-moddasida belgilangan vaqtinchalik soliq imtiyozlarining muddati uzaytirildi. Agar ilgari QQS bo`yicha imtiyoz 2021 yil 1 maydan 31 dekabrgacha taqdim etilgan bo`lsa, endi bu muddat 2021 yil 1 maydan 2022 yil 30 aprelgacha belgilandi. SKning 483-moddasi 10-qismida nazarda tutilgan imtiyoz ham 2022 yil 30 aprelgacha uzaytirildi.

    Boshqa yangiliklar