AsosiyJamiyat

Toshkentda YPX xodimining faoliyatiga halaqit bergan haydovchi 15 sutka "o`tirib" chiqadigan bo`ldi

'Toshkentda YPX xodimining faoliyatiga halaqit bergan haydovchi 15 sutka "o`tirib" chiqadigan bo`ldi'ning rasmi

2022 yil 9 fevral kuni Chilonzor tumanida chorrahani ishoralar orqali boshqarayotgan YPX xodimi A.Botirovning xizmat faoliyatiga halaqit berib, qonuniy talabni bajarmagan haydovchi haqida xabar bergan edik. 

2022 yil 10 fevral kuni Toshkent shahar Jinoyat ishlari bo`yicha Chilonzor tumani sudi tomonidan "Lacetti" rusumli avtomobil haydovchisi, 1991 yilda tug`ilgan Sh.E.ning xatti-harakatlarida O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi Kodeksning 194-moddasi 1-qismi hamda 195-moddasida ko`rsatilgan huquqbuzarlik alomatlari mavjud deb topilib, unga nisbatan 15 sutka ma`muriy qamoq jazosi tayinlandi. Bu g`aqda Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo`l harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi. 

    Boshqa yangiliklar