AsosiyJamiyat

“Bugun o`ta muhim va kechiktirib bo`lmas masalani muhokama qilamiz!" Prezident raisligida yig`ilishi boshlandi

'“Bugun o`ta muhim va kechiktirib bo`lmas masalani muhokama qilamiz!" Prezident raisligida yig`ilishi boshlandi'ning rasmi

Prezident raisligida videoselektor yig`ilishi boshlandi, deya xabar bermoqda Prezident Matbuot kotibi Sherzod Asadov. 

“Bugun o`ta muhim va kechiktirib bo`lmas masalani muhokama qilamiz. Bu – yo`l harakati xavfsizligini ta`minlash, - dedi davlat rahbari yig`ilish avvalida. 

Ma`lum qilinishicha, mamlakatimizda 2021 yilda 10 mingdan ziyod avariya sodir etilib, ularda 9 mingdan ortiq fuqaro jarohatlandi. 

"Eng achinarlisi, 2,5 mingga yaqin odam, shu jumladan 263 nafar bola halok bo`lgani katta fojiadir”, dedi davlat rahbari.

Qayd etilishicha, o`lim bilan bog`liq avariyalar Toshkent viloyatida har 100 ming aholiga 21 ta, Jizzaxda – 16 ta, Sirdaryoda – 15 ta, Navoiy va Samarqandda  – 14 tadan, Qashqadaryo va Namanganda– 13 tani tashkil etib, boshqa hududlardan ancha yuqori.

Keltirilishicha, Popdan To`raqo`rg`ongacha bo`lgan 4R-112 yo`lining 88-kilometri, “Termiz-Dushanbe” (M-41) xalqaro yo`lining Jarqo`rg`on-Denov qismi (80-kilometri), A-373-yo`lining Yozyovon tumanidan o`tgan 352-kilometri, Samarqand-G`uzor yo`lining (A-378) 85-kilometrida har yili o`nlab odamlar halok bo`lmoqda.

    Boshqa yangiliklar