AsosiyJamiyat

2021 yil 2,5 mingga yaqin odam, shundan 263 nafar bola YTHda halok bo`ldi

'2021 yil 2,5 mingga yaqin odam, shundan 263 nafar bola YTHda halok bo`ldi'ning rasmi

Bu haqda ayni paytda bo`lib o`tayotgan Prezident raisligida videoselektor yig`ilishida ma`lum qilindi. 

"Mamlakatimizda 2021 yilda 10 mingdan ziyod avariya sodir etilib, ularda 9 mingdan ortiq fuqaro jarohatlandi. Eng achinarlisi, 2,5 mingga yaqin odam, shu jumladan 263 nafar bola halok bo`lgani katta fojiadir”, - dedi davlat rahbari.

Qayd etilishicha, o`lim bilan bog`liq avariyalar Toshkent viloyatida har 100 ming aholiga 21 ta, Jizzaxda – 16 ta, Sirdaryoda – 15 ta, Navoiy va Samarqandda  – 14 tadan, Qashqadaryo va Namanganda– 13 tani tashkil etib, boshqa hududlardan ancha yuqori.

Keltirilishicha, Popdan To`raqo`rg`ongacha bo`lgan 4R-112 yo`lining 88-kilometri, “Termiz-Dushanbe” (M-41) xalqaro yo`lining Jarqo`rg`on-Denov qismi (80-kilometri), A-373-yo`lining Yozyovon tumanidan o`tgan 352-kilometri, Samarqand-G`uzor yo`lining (A-378) 85-kilometrida har yili o`nlab odamlar halok bo`lmoqda.

    Boshqa yangiliklar