AsosiyJamiyat

Tezlikni oshirsa – 1 ball, qizil chiroqda o`tsa – 3 ball... Endi har bir huquqbuzarlik uchun jarima ballari tizimi joriy etiladi

'Tezlikni oshirsa – 1 ball, qizil chiroqda o`tsa – 3 ball... Endi har bir huquqbuzarlik uchun jarima ballari tizimi joriy etiladi'ning rasmi

Avval xabar qilganimizdek, ayni paytda Prezident raisligida videoselektor yig`ilishi bo`lib o`tmoqda.

Prezident Matbuot kotibi Sherzod Asadovning xabar qilishicha, yig`ilishda davlat rahbari bundan buyon har bir huquqbuzarlik uchun jarima ballari tizimi joriy etilishini ma`lum qilgan.

Masalan, haydovchi tezlikni oshirsa – 1 ball, qizil chiroqda o`tsa – 3 ball hisoblanadi.

Agar bir yilda qoidabuzarliklar jami 12 balldan oshsa, haydovchi avtomobil boshqarish huquqidan mahrum bo`ladi.

Shuningdek, avtomobilni tartibsiz boshqarib, boshqa haydovchilarga xalaqit qilganlik uchun alohida yo`l bezoriligi degan yangi javobgarlik turi kiritiladi.

    Boshqa yangiliklar