AsosiyJamiyat

Endi sug`urta badali haydovchining jarima ballaridan kelib chiqib belgilanadi

'Endi sug`urta badali haydovchining jarima ballaridan kelib chiqib belgilanadi'ning rasmi

Avval xabar qilganimizdek, ayni paytda Prezident raisligida videoselektor yig`ilishi bo`lib o`tmoqda.

Yig`ilishda haydovchilarning javobgarligini majburiy sug`urta qilishda to`lanadigan sug`urta badalini jarima ballaridan kelib chiqib belgilash tartibi joriy etilishi belgilandi, deya xabar bermoqda Prezident Matbuot kotibi Sherzod Asadov. 

Shu bilan birga, Yo`l harakati qoidalari ancha eskirgani, xalqaro standartlar asosida yangidan ishlab chiqilishi shartligi ko`rsatib o`tildi.

"Qonunchilikka kiritiladigan hamma yangiliklar deputatlar, ekspertlar va jamoatchilik bilan bamaslahat ishlab chiqiladi", dedi Prezident.

So`nggi paytlarda yo`l harakati xavfsizligi inspektori faoliyatiga qarshilik ko`rsatish, ularni obro`sizlantirish holatlari ko`paymoqda. Qonunlarni ko`rib chiqishda bu masalaga ham alohida e`tibor qaratish zarurligi ta`kidlandi.

Haydovchilarni tayyorlash, malakasini oshirish va ularni imtihon qilish tizimi tubdan qayta ko`rib chiqiladi.

    Boshqa yangiliklar