AsosiyJamiyat

Maktab va bog`chalar oldida tezlik 30 kilometrdan oshmasligi, gavjum ko`chalarda esa 70 kilometr soatdan 60 kilometrgacha tushirish lozim — Davlat rahbari

'Maktab va bog`chalar oldida tezlik 30 kilometrdan oshmasligi, gavjum ko`chalarda esa 70 kilometr soatdan 60 kilometrgacha tushirish lozim — Davlat rahbari'ning rasmi

Prezident huzuridagi videoselektor yig`ilishida Yo`llarda qatnovni tashkil etish va xavfsizlikni ta`minlash ilm bilan hamohang bo`lishi kerakligi ta`kidlandi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi. 

Yig`ilishda Yunusobodning Yunus-ota ko`chasida 2020 yilda 4 ta avtohalokat sodir bo`lgan bo`lsa, 1 dona svetofor o`rnatish orqali 2021 yilda birorta avariya bo`lmagani, Kichik halqa yo`lining Lak-bo`yoq korxonasi qarshisida qarama-qarshi yo`lni ajratuvchi to`siq o`rnatish orqali avariyalarga barham berilgani misol qilib keltirildi.

“Mana sizga ilmiy yondashuv va oddiy tahlil bilan echim”, dedi davlatimiz rahbari.

Poytaxt va yirik shaharlardagi markaziy ko`chalarda tezlik cheklovlarini ilmiy asoslanib belgilash lozimligi qayd etildi.

Jumladan, maktab va bog`chalar oldida tezlik 30 kilometrdan oshmasligi shart. Ayrim gavjum ko`chalarda esa hozirgi 70 kilometr soatdan 60 kilometrgacha tushirish zarurati borligi ko`rsatib o`tildi.

    Boshqa yangiliklar