Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chilonzor tuman bo`limi tomonidan tadbirkorlik sub`ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “R.A.” MChJ kassiri J.F. o`ziga ishonib topshirilgan aviabilet va turizm yo`llanmalari savdosidan tushgan 1,2 mlrd so`mni o`zlashtirish yo`li bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.
Shu kabi, Departamentning Qo`shko`pir tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “Q.” MChJning sobiq rahbari R.S. MChJning yagona ta`sischisi hisoblangan “X.A.” MChJning jami 421,1 mln so`mlik (53 bosh chorva moli va qishloq xo`jaligi uskunalari) mulkini o`zlashtirish yo`li bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.
Xuddi shunday, Departamentning Nukus shahar bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “B.A.” MChJning moddiy javobgar shaxslari o`zlariga ishonib topshirilgan 200 mln so`mlik maishiy texnikalarni o`z manfaatlari yo`lida ishlatib, o`zlashtirish yo`li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o`zlashtirish yoki rastrata yo`li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






