AsosiyJamiyat

Prezident YPX xodimiga qo`l ko`targan, so`kkan, mashinasida sudrab ketgan haydovchilarni tanqid ostiga oldi (video)

'Prezident YPX xodimiga qo`l ko`targan, so`kkan, mashinasida sudrab ketgan haydovchilarni tanqid ostiga oldi (video)'ning rasmi

Bugun Prezident raisligida "Xavfsiz va ravon yo`l" tamoyili asosida yo`llarda inson xavfsizligini ta`minlash borasidagi ishlarni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlariga bag`ishlangan videoselektor yig`ilishi o`tkazildi.  

Unda davlat rahbari YPX xodimiga qo`l ko`targan, so`kkan, mashinasida sudrab, shantaj qilib, buyruqqa bo`ysunmagan haydovchilarni tanqid ostiga oldi. Qonunlarni ko`rib chiqishda bu masalani ham ko`rib chiqish zarurligini ta`kidladi.  

" – Erkinlikni ham me`yori bo`ladi. Erkinlik degani qonunni hurmat qilish degani," – dedi Shavkat Mirziyoev.

 

    Boshqa yangiliklar