Farg`ona viloyatida yashovchi, 1998 y.t. “R.Sh.” o`zining uyali telefonidagi “Telegram” messenjerida akkaunt yaratib, u orqali diniy mavzuga ixtisoslashgan kanallarga a`zo bo`ladi.
So`ngra ushbu kanallarda joylashtirilgan xalqaro terroristik tashkilotlar va diniy ekstremistik oqimlarning g`oyaviy rahnamolari bo`lgan Sodiq Samarqandiy, Abu Saloh, Abdulloh Zufar va boshqalarning “jihod”ga chorlovchi ma`ruzalarini hamda “Turkiston islom harakati” terroristik tashkilotiga tegishli audio-videomateriallarni yuklab oladi. Shuningdek, ularni Qo`qon shahrida yashovchi tanishlariga ham tarqatadi.
Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda mazkur shaxs qo`lga olinib, uning mobil telefoni prosessual tartibda rasmiylashtirib olindi.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo`yicha qo`mitaning ekspertiza xulosasiga ko`ra, “R.Sh.”ning telefon apparati xotirasida saqlangan materiallar aqidaparastlik g`oyalari bilan yo`g`rilgan bo`lib, ularni O`zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, tayyorlash va tarqatish taqiqlanadi.
Hozirda mazkur shaxsga nisbatan qo`zg`atilgan jinoyat ishi doirasida uning maslakdoshlarini aniqlash bo`yicha ham tegishli chora-tadbirlar ko`rilmoqda.






