Milliy armiyamiz bir necha yillardan buyon nufuzli xalqaro tahliliy markazlar tomonidan mintaqadagi eng kuchli armiya sifatida bir ovozdan e`tirof etilayotganligi O`zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida olib borilayotgan ijobiy islohotlarning yorqin tasdig`i hisoblanadi.
Shu munosabat bilan O`zbekiston qurol-yarog` va harbiy texnika xalqaro bozorini doimiy ravishda kuzatib boradi. Dunyoda robot tizimlari rivojlanayotgan bir paytda uchuvchisiz uchish apparatlarining kuzatilib borilishi ham bundan mustasno emas.
Hech kimga sir emaski, amerikalik uchuvchisiz uchish apparatlari ishlab chiqaruvchilari jahonda bunday apparat ishlab chiqarishda etakchilardan hisoblanadi, shuning uchun ham o`zbekistonlik mutaxassislar tomonidan ularga ma`lum qiziqish bildirilmoqda, biroq bugungi kunga qadar RQ-20 «Puma» uchuvchisiz uchish apparatini sotib olish masalasi ko`tarilmagan, deb xabar bermoqda Mudofaa vazirligi.






