AsosiyJamiyat

Namangandan Rossiyaning 9 ta shahriga to`g`ridan-to`g`ri aviaqatnovlar yo`lga qo`yildi

'Namangandan Rossiyaning 9 ta shahriga to`g`ridan-to`g`ri aviaqatnovlar yo`lga qo`yildi'ning rasmi

2022-yilning 30-yanvaridan boshlab Uzbekistan Airways «Sharqiy» xab loyihasini ishga tushirdi, uning doirasida Uzbekistan Airways Express Namangandan Moskva, Perm, Orenburg, Omsk, Samara, Irkutsk, Krasnodar, Ekaterinburg, Novosibirsk va Ufaga aviaqatnovlarni amalga oshirishni boshladi.

Eslatib o`tamiz, Namangan – Moskva – Namangan yo`nalishi bo`yicha muntazam qatnovlar juma va yakshanbadan tashqari har kuni «to`liq ekonom» formatida amalga oshirilmoqda.

Namangan – Moskva yo`nalishida aviachipta narxi 1 737 245 so`mdan, Namangan – Moskva – Namangan yo`nalishida esa 3 244 058 so`mdan boshlanadi.

Narxlar 11.02.2022 holatiga ko`ra amal qiladi.

    Boshqa yangiliklar