AsosiyJamiyat

Andijon, Namangan, Farg`ona va Samarqanddagi ayrim notariuslarning lisenziyalari vaqtincha to`xtatildi

'Andijon, Namangan, Farg`ona va Samarqanddagi ayrim notariuslarning lisenziyalari vaqtincha to`xtatildi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi “Notariat to`g`risida”gi Qonunining 15-2-moddasiga asosan Andijon, Namangan, Farg`ona va Samarqand viloyat adliya boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalarining tegishli majlislari bayonnomasiga asosan:

Andijon viloyatida:

Asaka tumanida xususiy amaliyot bilan shug`ullanuvchi notarius Islomov Ilxomjon Abdumannobovichning (lisenziya AN 0046, 22.04.2020 y.) lisenziyasining amal qilish va notarius maqomi 2022 yilning 11 fevral kunidan 1 oy muddatga;

Shahrixon tumanida xususiy amaliyot bilan shug`ullanuvchi notarius Ibragimov Baxtiyor Abduvoxobovichning (lisenziya AN 0058, 22.04.2020 y.) lisenziyasining amal qilishi va notarius maqomi 2022 yilning 11 fevral kunidan 1 oy muddatga;

Namangan viloyatida:

Namangan tumanida xususiy amaliyot bilan shug`ullanuvchi notarius Ismailov Shavkat Ergashevichning (lisenziya NA 0021, 21.04.2020 y.) lisenziyasining amal qilishi va notarius maqomi 2022 yilning 12 fevral kunidan 1 oy muddatga;

Chust tumanida xususiy amaliyot bilan shug`ullanuvchi notarius Umaraliev Abror Ikramovichning (lisenziya NA 0021, 21.04.2020 y.) lisenziyasining amal qilishi va notarius maqomi 2022 yilning 12 fevral kunidan 1 oy muddatga;

Farg`ona viloyatida:

Oltiariq tumanida xususiy amaliyot bilan shug`ullanuvchi notarius Zufarov Nodirbek Maripjonovichning (lisenziya FA 0067, 15.10.2020 y.) lisenziyasining amal qilishi va notarius maqomi 2022 yilning 9 feevral kunidan 1 oy muddatga;

Samarqand viloyatida:

Samarqand shahrida xususiy amaliyot bilan shug`ullanuvchi notarius Ramazanov Nurshen Urshenovichning (lisenziya SA 0027, 24.04.2020 y.) lisenziyasining amal qilishi va notarius maqomi 2022 yilning 11 fevral kunidan 1 oy muddatga to`xtatildi.

    Boshqa yangiliklar