Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar Mirobod tumanida "Malibu" urib yuborgan piyoda voqea joyida vafot etgani haqida videoxabarlar tarqaldi.
Toshkent shahar IIBBning xabar berishicha, voqea 2022-yil 12-fevral kuni taxminan soat 23:00 da Mirobod tumani Yangi Qo`yliq ko`chasida sodir bo`lgan. “Malibu” avtomobilini boshqargan I. A. ismli haydovchi piyodani urib yuborgan.
YTH oqibatida 45 yoshli piyoda voqea joyida hayotdan ko`z yumgan.
Mazkur holat bo`yicha Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Tergov davom etmoqda.






