2022 yil 12 fevral holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 233439 (+439) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV xabar bermoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
- 14 nafari Qoraqalpog`iston Respublikasida,
- 17 nafari Andijon viloyatida,
- 10 nafari Buxoro viloyatida,
- 6 nafari Jizzax viloyatida,
- 11 nafari Qashqadaryo viloyatida,
- 7 nafari Navoiy viloyatida,
- 6 nafari Namangan viloyatida,
- 25 nafari Samarqand viloyatida,
- 4 nafari Sirdaryo viloyatida,
- 29 nafari Surxondaryo viloyatida,
- 12 nafari Farg`ona viloyatida,
- 23 nafari Xorazm viloyatida,
- 64 nafari Toshkent viloyatida,
- 211 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kasallikdan sog`ayganlar jami 217055 (+902) nafarga etdi va sog`ayish ko`rsatkichi 93 foizni tashkil etmoqda.
Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1601 nafarni tashkil qildi. Qolaversa, kecha 76 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi.






