Ijtimoiy tarmoqlarda Olmaliq shahrida erkaklar va qizlar o`rtasida janjal ko`tarilgani aks etgan video tarqaldi.
Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig`ining Matbuot kotibining bayonot berishicha, mazkur holat joriy yilning 11 fevral kuni soat 21:30 da Olmaliq shahar, Birdamlik MFYda joylashgan "Marhamat" restoranida sodir bo`lganligi aniqlangan.
Xabarga asosan shu vaqtda voqea joyiga Olmaliq IIB tezkor- tergov guruhi etib borgan.
O`rganishlar davomida, janjal ishtirokchilari 6 nafar (2 nafar erkak, 4 nafar ayol)lar aniqlanib IIBga olib borilgan.
Tibbiy ko`rik xulosasida ularning mast holda bo`lganliklari aniqlangan.
Hozirda hodisa ishtirokchilariga sud-tibbiy ekspertizasidan o`tishlari uchun yo`llanma berilib, Olmaliq shahar IIB tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Voqea guvohlari va restoran mas`ullari ishga jalb qilingan. Natijasi yuzasidan qo`shimcha ma`lumot beriladi.






